DIQQAT, E’LON! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT, E’LON!

16:11 31.05.2024

Andijon davlat tibbiyot institutining iqtidorli, tashabbuskor, intiluvchan talaba-yoshlari shu yerdamisiz?

Diqqat qiling! Sizga muhim e’lonimiz bor.

Institutimizda 2024-2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar qabul qilish boshlandi.

 

Tanlovda ishtirok istagidagilar quyidagi mezonlarga mos kelishi zarur:

  • Aʼlo oʻqish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
  • Yakka mualliflikdagi kamida 2 ta ilmiy maqola va tezislar mavjudligi;
  • Davlat tilini va 1 ta chet tilini (MDH tillaridan tashqari) yaxshi bilish.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar:

  • Reyting daftarchasidan koʻchirma yoki transkript (dekanat tasdiqlagan);
  • Dekan va kafedra mudirining tavsiyanomasi;
  • Dekanning talabgor talaba hujjatlari hamda baholarining haqqoniyligini aks ettiruvchi kafolat xati;
  • Ilmiy rahbarining xulosasi (fikrnoma);
  • Ilmiy ishlarining roʻyxati va ularning bosma nusxalari;
  • Diplom, sertifikat va faxriy yorliqlar nusxalari (rangli) va boshqa erishgan yutuqlar, fotosuratlar;
  • Maʼlumotnoma (obʼektivka);
  • Tarjimai xol (rasmli);
  • Pasport nusxasi.

 

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlar hujjatlar yigʻma jildini (bosma va elektron shaklda) joriy yilning 1-iyunidan 30-iyuniga  qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga taqdim etishlari soʻraladi.

 

Izoh: Tanlovlarga taqdim etilayotgan hujjatlar qog‘oz hamda elektron (jpg va pdf.)  shaklda tayyorlanishi va haftaning dushanba-juma kunlari, soat 15:00 ga qadar Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limiga 2024-yilning 30-iyun kuniga qadar topshirilishi lozim.

Murojaat uchun: Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig’i Sh.Bo‘stonovga uchrashishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefon raqami: +998 99 905 25 50.

Telegram manzil: https://t.me/Cardio_Neurologist.

Skip to content Click to listen highlighted text!