Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT, E’LON!

13:52 21.08.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-iyuldagi “Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-265-son qarorining 1-ilovasi 3.1-bandida mazkur universitetga xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (pedagog xodimlarni) belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish topshirig‘i belgilangan. Shu munosabat bilan mazkur universitetda ishlash istagini bildirgan xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) ushbu universitetda e’lon qilingan ochiq tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, qarorning 5.1.1-bandida mazkur universitetga 2024/2025-o‘quv yiliga qadar universitet boshqaruv kadrlari lavozimlariga yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarning jalb etish topshirig‘i belgilangan. Shu munosabat bilan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar ushbu universitetda e’lon qilingan vakant lavozimlarga hujjatlarini topshirishlari mumkin.

Skip to content Click to listen highlighted text!