Andijon davlat tibbiyot instituti 2025-yilda stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga birinchi bosqichga mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi
Andijon davlat tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligining 2024-yil 21-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qitish bo‘yicha 2025-yil uchun qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” 319-sonli buyrug‘iga muvofiq stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:
№ | Muassasa nomi | Ixtisoslik shifri | Ixtisoslik nomi | Doktorantura turi | Ajratilgan kvota |
1 | Andijon davlat tibbiyot instituti | 14.00.01 | Akusherlik va ginekologiya | Doktorantura
Tayanch doktorantura |
1
2 |
14.00.02 | Morfologiya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.03 | Endokrinologiya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.08 | Oftalmologiya | Tayanch doktorantura | 2 | ||
14.00.13 | Nevrologiya | Stajor-tadqiqotchilik | 1 | ||
14.00.19 | Klinik radiologiya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.27 | Xirurgiya | Tayanch doktorantura | 1 |
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 3 ta tezis);
- chet tilidan B1 darajada bo‘lgan xalqaro malaka sertifikati
Tayanch doktoranturaga o‘qishga kirish uchun talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani – tugatganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
- chet tilidan B1 darajada bo‘lgan xalqaro malaka sertifikati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kirish uchun suhbat 2024-yil 1-25-noyabr davrida o‘tkaziladi.
Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http:// daraja.ilmiy.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi.