Andijon davlat tibbiyot instituti talabalariga qulaylik yaratish maqsadida institutda talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish ishchi guruhi tashkil etildi.
Yangi o‘quv yili boshlanish davrida 2- va unda yuqori bosqich talabalarining yashash joyi qidirib sarson bo‘lmasliklarini oldini olish maqsadida TTJ taqsimotini hozirdan tashkil qilish boshlandi. Ariza bergan boʻlsa-da, talab meʼyorlariga javob bermagan yoki TTJdan joy yetmay qolgan talabalar uchun ijara xonadonlari ro‘yxati shakllantirildi.
Ushbu ijara xonadonlari haqidagi ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin: Ijara xonadonlar ro’yxati 22.08.2024
Savollar boʻyicha talabalar dekan oʻrinboslariga va guruh tyutorlariga murojaat qilishlari mumkin.