alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT, TANLOV!

11:13 06.05.2024

Andijon davlat tibbiyot institutining bitiruvchi bosqich talabalari uchun!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 22-yanvardagi PQ-38-son qarori ijrosi hamda hududlarda tor sohadagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 200 nafar bitiruvchisini magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy oliy ta’lim va markazlarida o‘qitish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Mazkur tanlovda Andijon davlat tibbiyot instituti bitiruvchi bosqich talabalari:

  • Transplantologiya;
  • Bolalar kardioxirurgiyasi yo‘nalishlarida ishtirok etishlari mumkin.

Unda qatnashish istagidagi talabgorlar joriy yilning 9-may sanasiga qadar  institutning Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotlar: Nizom

Ma’lumot uchun telefon raqamlari: (74) 223-94-74.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!