alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT TANLOV!

10:35 31.07.2021

Respublikamizda koronavirus pandemiyasi sharoitida talabalarning yozgi ta’til vaqtida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish hamda rag‘batlantirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida avgust “Eng maroqli ta’til oyligi” ni e’lon qilish bilan birgalikda, oylik doirasida qator onlayn tanlovlar o‘tkazilishini ma’lum qiladi:

2-7 avgust kunlari
1. “Mustaqillik-mening taqdirimda”
Bunda talabalar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarni 3-5 betli maqola (elektron) ko‘rinishida yozadilar. Maqolani baholashda talabaning mustaqil fikri va dunyoqarashi inobatga olinadi. Plagiat – ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘yilmaydi.
2. “Men sog‘lig‘im uchun vaksina oldim – Siz-chi?”
Bunda talabaning “Covid 19”ga qarshi vaksina olish jarayoni uyali telefon oqali tasvirga olinib (1,5 daqiqagacha) videorolik shaklida tayyorlanadi.

9-14 avgust kunlari
3. “Ta’tilda men, “O‘tgan kunlar” romanini o‘qidim – Siz-chi?”
Bunda talaba o‘qigan badiiy asar mazmun mohiyati maqola (elektron) tarzida bayon etiladi.
4. “Men yoqtirgan she’r”
Bunda talaba suyukli shoiri qalamiga mansub she’rni ifodali o‘qish jarayoni (3 daqiqagacha) videorolik sifatida tayyorlab yuboriladi.

16-21 avgust kunlari
5. “Men ta’tilda sport bilan shug‘ullanaman”
Bunda talaba yoqtirgan sport mashg‘uloti bilan shug‘ullanayotgan jarayoni uyali telefon oqali tasvirga olinib (3 daqiqagacha) videorolik tayyorlanadi.
6. “Biz yoshlar korrupsiya va jinoyatchilikka qarshimiz”
Bunda talabalar tomonidan korrupsiya, jinoyatchilik va giyohvandlikning salbiy illatlari aks etgan rasmlar chiziladi.
7. «Men sevgan raqs»
Bunda talaba o‘zi sevgan qo‘shiqqa raqsga tushib, videorolik shaklida yuboradi(5 daqiqagacha).Unda iqtidori va harakatlari, raqs texnikasi qo‘shiqqa mosligi baholanadi.
Hakamlar hay’ati tomonidan tanlovga kelib tushgan materiallar tahlil qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha 1 ta birinchi, 2 ta ikkinchi va 3 ta uchinchi o‘rin g‘oliblari aniqlanadi. G‘oliblarga institut rektorining diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshiriladi.
Tanlovga materiallarni #eng maroqli ta’til oyligi xeyshtegi ostida +99833 140-41-44 telegramm raqamiga yuboriladi:
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +99893 442-52-00 (Abduraxmon Abduxalimov).
Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlov faqat Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari uchun!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!