Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarining yozgi ta’tilda bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish hamda iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng maroqli yozgi ta’til” shiori ostida onlayn tanlovlarga start berildi.
Ular quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
–“Yoz – men sevgan fasl” mavzusida insholar tanlovi (1-ilova);
–“Yozning ko‘rk-u tarovati” mavzusida fotosuratlar tanlovi (2-ilova);
–“Eng yaxshi taom tayyorlash” tanlovi (3-ilova);
–“Institut qahramoni” mavzusida videorolik tanlovi (4-ilova);
–“Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovi (5-ilova).
Hakamlar hay’ati tomonidan tanlovga kelib tushgan materiallar tahlil qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi. Gʻoliblarga institut rektorining diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshiriladi.
Tanlov ijodiy ish materiallari 20-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) @adtitanlovbot ga taqdim etiladi. 20-avgustdan keyin yuborilgan materiallar qabul qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlov faqat Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari uchun!
Batafsil havolada:Tanlovlar nizomlari
Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi