Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot institutida 2024-2025-o‘quv yili uchun, rus va o‘zbek tilida tahsil olmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolarga qabul boshlangan edi.
Qabul jarayoni 2024-yil 5-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi. Xorijiy fuqarolarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni institutning rasmiy www.adti.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar uchun imtihon suhbat asosida o‘tkaziladi.
Imtihon 2024-yilning 7-avgust kuni o‘tkazilishi belgilandi. Unga hujjat topshirgan abituriyentlar 2 xil usulda imtihondan o‘tkaziladi:
-Oflayn – bunda talagor O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lishi kerak va institutga kelib suhbatdan o’tadi.
-Onlayn – O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lmagan abituriyentlar uchun masofadan turib suhbat o‘tkaziladi.
Eslatma: imtihonga abituriyentlar o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli (pasport, ID karta) bilan kelishlari shart. Imtihonga qatnashish uchun 7-avgust kuni soat 7:30 da Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy o’quv binosiga kelish kerak.
Murojaat uchun telefon raqamlari:
O‘zbek tilidagi murojaatlar uchun:
+998742239451
Rus va ingliz tilidagi murojaatlar uchun:
+998742239468
Telegram: @GayratbekS
Manzil: Andijon shahar, Y.Otabekov ko‘chasi 1-uy.
“Call-markaz» dushanbadan shanbagacha – soat 8:30 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi. Tushlik vaqti soat 12:00 dan 13:00 gacha.