
Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan Andijon shahridagi 1-OPga qarashli “Doʻstlik” MFY xududida tibbiy koʻrik oʻtkazildi. Mazkur tadbirda institutning 15 turdagi mutaxassisliklardan iborat 16 nafar xodimlari ishtirok etdi. 571 nafar aholining salomatligi tekshirildi. Koʻruvlar davomida 2 nafar bemor uy sharoitida tibbiy xizmat koʻrsatildi, 71 nafar bemorga ambulator sharoitda davolanishga, 3 nafar bemorga viloyat davolash muassalariga yoʻllanmalar berildi. 71 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar tarqatildi. Tibbiy tekshiruvlarda 198 ta UTT, 156 ta EKG va 169 ta laborator tekshiruvlari oʻtkazildi.