alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DOG‘ISTON DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKNI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISH YUZASIDAN ONLAYN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

19:53 07.03.2023

Bugun, 7-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimovning Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i S.Хadjaliyeva  hamda Stomatologiya fakulteti dekani T.Аbakirov bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov, Andijon jamoat salomatligi texnikumi direktori M.Buvabekov, 2-Namangan 2-tibbiyot kolleji direktori R.Muxitdinov ham ishtirok etdilar.

Unda dastlab, qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashilganligi, ularning akademik o‘zlashtirishlari, yashash sharoitlari bo‘yicha suhbatlashildi.

Shuningdek, ikkala oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti tibbiyot kolleji va Andijondagi bir qancha texnikum va kollejlar bilan o‘zaro qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Undan tashqari, Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida (DDTU) malaka oshirishlari uchun mavjud imkoniyatlar bo‘yicha fikr almashildi.

Yakunda, Andijonning bir qancha texnikum va kollejlari bilan DDTU tibbiyot kollejining Stomatologiya, Akusher-ginekologiya, Hamshiralik ishi yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yishni o‘rganish yuzasidan mart oyida kollej va texnikum direktorlari hamda institut prorektorlaridan iborat delegatsiyaning DDTU ga tashrifi rejalashtirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!