Andijon davlat tibbiyot institutining Ilmiy Kengashlar zalida 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 11-noyabrdagi 01-10/6655-sonli xatiga muvofiq xorijiy tillardan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni taqdim etgan talabgorlar uchun Doktorantura va Tayanch doktoranturaga Mutaxassislik fanlari bo‘yicha kirish imtihonlari o‘tkazildi.
Imtihon jarayonlarida institut rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi rahbari S.Asqarov ishtirok etdi. Xolislar ishtirokida maxsus imtihon konvertlari ochilgandan so’ng, talabgorlar savollarga javob berishni boshladilar va bu jarayon online translyatsiya qilindi.