Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“DOMINANT” JAMOASI REKTOR KUBOGIGA EGA BO‘LDI

09:16 02.06.2022

“Zakovat” intellektual o‘yinlarining turnir baxslari yakunlandi. O‘z bilimini sinovdan o‘tkazgan 18 ta jamoadan 2 jamoa final bosqichida ishtirok etdi.

Final baxslarida kuch sinashgan “Dominant” hamda “Kursantlar” jamoasi 16 ta tibbiyotga va turli sohalarga oid mantiqiy savollarga aniq javob bera oldilar. Biroq bunday o‘yinlar g‘oliblarni saralab oladi. Ana shu muvaffaqiyat – Rektor kubogi  “Dominant” jamoasiga nasib etdi. Jamoaning har bir a’zosi 2 milliondan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

2-o‘rinni olgan “Kursantlar” jamoasining har bir a’zosi esa 1,5 milliondan, 3-o‘rinni olgan “Albion” jamoasining har bir a’zosi 1 million so‘mdan, 4-o‘rinni olgan “Divergent” jamoa a’zolari esa 500 ming so‘mdan taqdirlandi.

Shuningdek, “Eng bilimdon yigit” nominatsiyasi bo‘yicha B.Shokirov, “Eng bilimdon qiz” nominatsiyasi bo‘yicha M.Mamazakirova ham munosib rag‘batlantirildi.

Yangi o‘quv yilidan yana yangi bilimdonlarni kashf etamiz.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!