alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat

15:31 07.10.2020

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 35 million 347 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Shundan 1 million 39 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 35 million 806 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 49 mingdan ortig‘i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 7,341 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (6,685 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (4,915 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (1,237 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda Kolumbiya (855 mingdan ortiq).

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!