Viloyat oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan faol ayollar uchun bayram dasturi tashkil etildi. Dastavval boshqarma boshligʻi G.Abdullayeva rahbarligida ayollarga institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova “Alsaeda” monomarkazida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar haqida maʼlumotlar berdi va ularga yaratilgan sharoit bilan yaqindan tanishtirdi.
Tadbirning musiqiy dasturida esa institutimizning farrosh ayollari ishtirok etdilar. Chiroyli dasturxon atrofida madaniy xordiq oldilar. Shoira Marhabo Karimova hamda xonanda Tursunboy Parpiyev tadbirga oʻzgacha fayz kiritdi.