Turkiyaning Eje universiteti bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda. Stomatologiya fakulteti, Xalqaro aloqalar boʻlimi xodimlari hamda Eje universitetining mutaxassislari ishtirokida oʻtkazilgan onlayn muloqotni Ilmiy ishlar va innovatsiya boʻyicha prorektor K.Salohiddinov olib bordi.
Muzokaralar davomida qoʻshma ilmiy simpoziumlarni oʻtkazish, akademik va talabalar mobilligini rivojlantirish boʻyicha kelishib olindi. Simpoziumlarni oʻtkazish yangi oʻquv yiliga rejalashtirildi.