Bugun Yangi Andijon massivi, “Bobur” shahri hududida tashkil etilgan “Plogging–hashar” ekologik aksiyasi yuqori kayfiyat va faollik ruhida o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat volontyorlari, Yoshlar ittifoqining faol a’zolari hamda turli ta’lim muassasalarining tashabbuskor yoshlari ishtirok etdi. Quvonarlisi, ushbu xayrli tashabbusda Andijon davlat tibbiyot instituti volontyor talabalari ham faol qatnashib, atrof-muhitni asrash, hududlarni obodonlashtirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga munosib hissa qo‘shdi.
Plogging — sog‘lom turmush tarzi va ekologik mas’uliyatni uyg‘unlashtiruvchi harakat bo‘lib, yugurish yoki sayr davomida chiqindilarni yig‘ishni nazarda tutadi. Bunday tashabbuslar yoshlarda tabiatga hurmat va jamoatchilik mas’uliyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.





