alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

EKOPARKDA BAYRAM TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA.

22:40 21.12.2021

EKOPARKDA BAYRAM TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA.

Yangi yilni barcha birdek xursandchilik bilan qarshi oladi. Koʻngilochar maskanlarda bayram tadbirlari oʻtkaziladi. Ekoparkda ham har kuni Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi tomonidan konsert dasturlari olib borilmoqda. Stomatologiya fakultetining xodimlari tomonidan tayyorlagan navbatdagi dastur barchasidan oʻzgacha tus oldi. “Andijon polkasi”ga raqsga tushgan yigitlarga yoshlar joʻr boʻldilar. Fakultetda taxsil olayotgan talaba-qizlarning jonli qoʻshiqlari goʻzal qoʻshiq va raqslarga ulanib ketdi.

Bayramni ayniqsa, bolajonlar intiqlik bilan kutadilar. Qorbobo va Qorqizga sheʼr aytib bergan jajji kichkintoylar sovgʻalarga ega boʻldilar.

Dastur institutimizning iqtidorli talabasi ijrosidagi “Talabalik davrim mening” qoʻshigʻi bilan yakunlandi.

Yangi yilga sogʻlom qadam tashlashni maqsad qilgan “Bunyodkor” MFY aholisi Stomatologiya fakulteti xodimlari tomonidan tashkil etilgan “5000 qadam” loyihasida ishtirok etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!