Ish va uy yumush tashvishlaridan soʻng madaniy tadbirlar inson ruhiyatiga taskin va orom beradi. Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi “Madaniyat oyligi” doirasida shahrimizdagi Ekoparkda koʻngilochar tadbir oʻtkazishdi. Aholimizga turli musiqiy dasturlarni taqdim etgan jamoamizga xatto bolajonlar ham joʻr boʻldilar. Iqtidorli talabalarimizning chiqishlari, “Yosh gitarachilar”ning shoʻx qoʻshiqlari barchani davraga chorladi.
Uyushmagan yoshlardan tortib talabalargacha, katta yoshli onaxonlaru jajji shirintoylargacha – barcha mazza qilib oʻynab-kuldilar. Oqshom tarovatida Ekopark shodiyona maskaniga aylandi chindan. Bu kabi koʻngilochar tadbirlarning hali yana davomi bor.