EL SOG‘LIGI – YURT BOYLIGI 

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

 Aholi salomatligini mustahkamlash va malakali mutahassislar ko‘rigini joylarda tashkil etish bo‘yicha “Adolat” sotsial demokratik partiyasining tashabbusi bilan 2019-yil 18-dekabr kuni Andijon tumaning Hortum QFY, Guzar MFYda joylashgan QVPda Andijon davlat tibbiyot instituti etakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikda ADTIning 14 ta mutahassisliklardan iborat 26 nafar hodimlari ishtirok etishdi. Ishchi guruh tomonidan tumanning 568 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan va 214 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahat va yordamlar berildi.

Ko‘rik vaqti kasallik aniqlangan davolanishi lozim bo‘lgan 16 nafar aholiga viloyat DPMlariga 9 nafariga tuman shifohonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek ushbu tadbirda 92 ta UTT, 89 ta EKG tekshiruvlari o‘tkazilib, lozim bo‘lganlarga mutahassis ko‘ruvi va maslahati berildi. Ko‘rik vaqtida MFYning 4 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolariga uylarida tibbiy hizmat ko‘rsatilib kerakli tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbir davomida aholi tibbiy madaniyatini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4063-sonli Qarorida ilgari surilgan masalalar, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida seminar o‘tkazilib, kasalliklar va ularni oldini olish bo‘yicha bukletlar tarqatildi.

215