ELGA XIZMAT-OLIY XIMMAT

image_pdfYuklab olish (pdf)

Mamlakatimizda aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Bu, o‘z navbatida, sohadagi islohotlarni sifat jihatidan yanada yuqori darajaga ko‘tarish, aholining barcha qatlamlarini tibbiy xizmat bilan qamrab olish imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. SHuningdek, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ularni patronaj xizmat va profilaktik ko‘riklar bilan qamrab olishda bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Farg‘ona viloyatining chegara xududi xisoblangan So‘x tumani aholisiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutining etakchi mutaxassis olimlari t.f.d., professor D.B.Asrankulova, t.f.d., dotsent B.R.Abdullajonov, t.f.n., dotsentlar U.T.Abduqodirov, D.N.Xolmatov, R.SH.Sayfuddinova, B.M.Vaxobovlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining ko‘rsatma xatiga asosan  2020 yil 11 iyunь kunida safarbar etildilar.

Institutning etakchi mutaxassislari tomonidan tuman markaziy shifoxonasi,  2 ta QOP va 5 ta QVPlar xududidagi aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda.

Ular tomonidan tumanda ilk marotaba 2 ta murakkab ginekologik jarroxlik amaliyoti o‘tkazildi, shuningdek 1200 dan ziyod D-nazoratdagi bemorlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Aholi ximoyaga muxtoj qatlamining nogironligi bo‘lgan 102 nafari va 26 ta kam ta’minlangan oila, a’zolari uylarida ko‘riklar o‘tkazilib kerakli tibbiy xizmat ko‘rsatildi.

Institut etakchi olimlari tomonidan xayrli ishlar davom etmoqda.

 

                                                 Davolash ( amaliyot) ishlari bo‘limi

1 019