Andijon davlat tibbiyot institutining 5 nafar malakali mutaxassislari Germaniyaning Rostok universiteti klinikasida malaka oshirishmoqda. Mazkur safar davomida bir qator murakkab jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etishmoqda.
Kuni kecha ushbu klinikaning tajribali shifokori, professor Kruger rahbarligida porto-tizimli oʻtkazish operatsiyasi amalga oshirildi. Shuningdek, tibbiy biotexnologiyalar, texnik jihozlar bilan ishlash, qoʻshma oʻquv dasturlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish shart-sharoitlari bilan tanishildi.
Shundan soʻng profesor Xins bilan uchrashuv tashkil etilib, unda talabalar bilan laboratoriyalarda ishlash jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilarni tajriba almashinish uchun yuborish toʻgʻrisida kelishib olindi.