
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-sonli Qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda 2764-1 raqam bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutiida 2025-yil 30-may kuni “Endokrinologiya” mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi.
Imtihon boshlanishdan oldin imtihon komissiyasi raisi t.f.d., dotsent Z.N.Mamasoliyev yig‘ilganlarga malakaviy imtihon o‘tkazish tartib-qoidasi to‘g‘risida tushuntirib berdi va barcha talabgorlarga omad tiladi.
Imtihon shartlariga ko‘ra, savollar papkasi barchaning guvohligida ochildi va talabgorlar imtihon biletlarini tanlab oldi.
Imtihon komissiyasiga t.f.d., dotsent Z.N.Mamasoliyev raislik qildi. Imtihon hay’at a’zolari sifatida t.f.n., dotsentlar D.S.Abdurazzaqova, R.R.Qurbonova xamda imtixon hay’at kotibi t.f.n., dotsent D.T.Sodiqovalar ishtirok etdi.
Imtihon jarayoni adolat va shaffoflik tamoyillariga to‘liq amal qilgan holda o‘tkazildi hamda natijalar ochiq va asosli ravishda e’lon qilindi. Har bir natija dalil va baholash mezonlariga tayanilgan holda e’lon qilindi. Jarayonda kuzatuv kameralari va raqamli monitoring vositalari yordamida doimiy nazorat o‘rnatildi.
Imtihonda 17 nafar falsafa doktorlik dissertatsiyalarini bajarayotgan talabgorlar sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.