Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy markazi mutaxasislari Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘ldilar.
Ular Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi Endokrinologiya yo‘nalishining klinik ordinador hamda magistrlari bilan uchrashib, amaliy mashg‘ulot olib bordilar.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filalida davolanayotgan bemorlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi. Unda bemorlarga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.
Shu kun davomida endokrinologiya, kardiologiya, nefrologiya sohalari bo‘yicha ilmiy-amaliy anjuman ham o‘tkazildi. Unda markaz mutaxassislari, Andijon davlat tibbiyot instituti Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasining xodimlari, ordinatorlar, magistrlar ishtirok etdi. Anjuman davomida “Kardiolog: 2-tur diabetda SYY debyuti:qanday qilib lahzadan voz kechmaslik kerak?”, “Nefrolog:2-tur diabet bilan og’rigan bemorlarda surunkali buyrak yetishmovchiligini davolash KDIGO-2024: farmokologik intervensiya”, “Endokrinolog: Erta tashhislash va SGLT2 inhibitorlari 2-tur diabet bilan og’rigan bemorlarning keng populyatsiyasi uchun kuchli yurak-qon tomir himoyasi sifatida” mavzularida ma’ruzalar olib borildi.
Shuningdek, mehmonlar institutning yangi 2000 o‘rinli o‘quv binosida ham bo‘lib, talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ular zamonaviy o‘quv xonalari, Simulyatsiya markazlaridagi imkoniyatlar talabalarning kelgusida yetuk shifokor bo‘lishlariga zamin bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tdilar.