Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ENDOUROLOGIYA VA BIOTIBBIYOT SOHASIDAGI ISTIQBOLLI REJALAR BELGILAB OLINDI

09:04 28.07.2022

Maʼlumki, Andijon davlat tibbiyot instituti Germaniyaning Roctock universiteti hamda GIZ tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Hozirda har ikki hamkorlar oʻrtasida  endourologiya boʻyicha Germaniya-Oʻzbekiston oʻquv markazi faoliyat olib bormoqda. Qolaversa, kadrlar almashinuvi ham yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.

 

Ana shu hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida institutimiz rektori M.Madazimov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov Roctock universiteti rektori Wolfganch Scharek boshchiligidagi bir qator professorlar, shuningdek, Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi va Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi vakillari oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar samaradorligi, kelgusida endourologiya va biotibbiyot sohasidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Mazkur yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar o’z taqdimotlarini namoyish etdilar va bu borada oʻzaro fikr almashdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!