Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ENDOVASKULYAR XIRURGIYA BOʻYICHA MAʼRUZA OLIB BORILDI

13:11 09.09.2022

Germaniyalik mutaxassislarning seminar va maʼruzalari davom etmoqda. Ilmiy kengashlar zalida Rostock universitetiining rektori Wolfgang Shareck endovaskulyar xirurgiya boʻyicha maʼruza olib bordi. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining soha mutaxassislari, talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi. Maʼruzada endovaskulyar xirurgiya sohasidagi yangiliklar, amaliyotga tadbiq etilayotgan innovatsion uslublar, bu borada jahon tajribasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib oʻtildi.

 

Maʼruza soʻnggida talabalar oʻzlari qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!