alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«ENG ULUG’, ENG AZIZ» INSTITUT TANLOVIDA ISHTIROK ETING

18:07 17.06.2021

Shijoatli yoshlar va institumizning fidoyi ustoz-murabbiylari! Vatanga boʼlgan samimiy muhabbatingizni, cheksiz mehringizni, beqiyos taʼriflaringizni Soʼzda suvratlantirib, shu yurt farzandi ekanligingizdan gʼururlanmoqchimisiz?! Unda marhamat, Аndijon davlat tibbiyot institutida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligi bayramini munosib kutib olish hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining oʼttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʼrish va uni yuqori saviyada oʼtkazish toʼgʼrisida»gi 2020-yil 17-dekabrdagi PQ-4926-son Qarori ijrosini taʼminlash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida oʼtkazilayotgan institut miqyosida «ENG ULUGʼ, ENG АZIZ» tanlovida ishtirok eting! Tanlov quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha oʼtkaziladi:

  1. Mustaqillik mazmun mohiyatini yorqin aks ettirgan, yoshlarimizni Vatanni sevishga, koʼz qorachigʼidek asrashga chaqiruvchi eng yaxshi maqolalar;
  2. Mustaqillik davrida erishilgan natijalarni aks ettiruvchi eng yaxshi sheʼrlar va rasmlar;
  3. Mustaqillik uchun kurashgan fidoiylarimizning hayot yoʼlini aks ettiruvchi eng yaxshi videoroliklar;

4.»Mustaqillik-mening taqdirimda» mavzusida eng yaxshi insholar koʼrik- tanlovi.

Ijodiy ishlar 2021-yil 20-avgustgacha qabul qilinadi. Ijodiy ishlarni institut matbuot kotibi Oydina Husainovaning telegramm raqamlari (+998931971609) ga yuborishingizni soʼraymiz. Yuborilgan ijodiy ishlar ijtimoiy tarmoq sahifalarida hamda ichki kanallarda ham eʼlon qilib boriladi. Eng koʼp oʼqilgan maqola, sheʼr hamda eng koʼp koʼrilgan videorolik mualliflari yangi oʼquv yilining tantanali ochilish marosimida institut rektorining maxsus sovgʼasi va diplomlari bilan taqdirlanadi. Barchaga tanlovda omad yor boʼlsin!

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!