Bayramlar xursandchilikka ulashaversin. Bahor nafasi yana bir xushxabarni olib keldi. “Innovative Academy” ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash markazining 2022-yil 28-fevral kunidagi 12-sonli buyrugʻiga asosan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi miqyosida “Eng yaxshi innovator – 2022” xalqaro maqolalar tanlovi oʻtkazilgan edi. Unda Davolash fakultetining 2-bosqich talabasi Shohabbos Salomov ham ishtirok etdi va tanlovning esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Bu yutuq oʻz-oʻzidan boʻlgan emas, albatta! Barcha yoshlarimizga mana shunday muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!