alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ENG YAXSHI NOTIQ TALABA” TANLOVINING FINAL BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

09:48 13.05.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lgan kelajak liderlari sifatida tarbiyalash, talabalarning nutqiy boyligi, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish, yetakchilik xislatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi qobiliyatlarini rivojlantirish. Ularning tashabbuskorlik, tashkilotchilik, notiqlik, yetakchilik sifatlarini rivojlantirish maqsadida “Eng yaxshi notiq talaba” tanlovi tashkil qilindi.

Joriy yilning 12-may kuni tanlovning yakuniy final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda fakultetlarda o‘tgan saralash bosqichlarida yuqori o‘rinlarni band etgan 8 nafar talabalar ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarga Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov raisligidagi hakamlar hayʼati jamoasi tomonidan mavzular berildi. Tanlov qatnashchilari esa ushbu mavzularga oid o‘z nutqlarini tayyorlab, yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etdilar.

Yakunda:

1-o‘rinni Arabboy Rejabboyev (Davolash fakulteti);

2-o‘rinni Guliruxsor Shermatova (Stomatologiya fakulteti);

3-o‘rinni Adesh Daware (Xorijiy fakultet) egallab, tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!