“Farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalari” kafedrasi tomonidan “Nerv tizimiga ta’sir etuvchi dorilar” mavzusiga bag‘ishlangan “Yоsh farmakologlar” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Davolash fakulteti dekani B.Mamatov ochib berdi.
Bellashuvda 3-kurs talabalaridan iborat “ALFA” va “EAGLE” guruhlari o‘zaro bilimda sinashdilar. Musobaqaning 1-shartiga asosan guruhlar o‘z jamoalarini tanishtiridilar. 2-shartda esa guruhlarning bilim darajalari sinovdan o‘tkazildi, 3-shartda jamolar tomoshabinlarga mavzuga oid o‘z sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.
Yakuniy natijaga ko’ra, “ALFA” jamoasi g‘olib, deb topilib, “Eng yosh farmakologlar kubogi”ni qo‘lga kiritdi va 1-darajali diplom bilan, “EAGLE” jamoasi esa 2-darajali diplom bilan taqdirlandi. Jamolarning barcha a’zolariga faol ishtiroki uchun sertifikat va esdalik sovg‘alari ham topshirildi.