alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI MAHALLA YOSHLARI BILAN MULOQOT O’TKAZDI

17:55 25.07.2024

Bugun, 25-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov o‘ziga biriktirilgan Marhamat tumani “Qovunchi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi qizil toifaga kiritilgan yoshlar bilan uchrashib muloqot o’tkazdi.

Yig‘ilishda institut rektori so‘z olib, Davlat rahbarining yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda o‘rganish va hal etish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan qator ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan aytilgan murojaat hamda takliflar yuzasidan institut rektori kerakli tavsiya va maslahatlar berdi. Ayni kunlarda xorijda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ham onlayn muloqot bo’lib o’tdi.

Muloqot davomida kelgusida yoshlarni qiziqish va takliflari asosida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Ularni qiynab kelayotgan kamchilik va muammolarni o‘rganib borish va ularni yechimini topish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!