Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasining mustaqil izlanuvchisi Madina Abdurahmonova Erasmus akademik mobillik dasturi boʻyicha doktorantura mutaxassisligiga Slovakiya davlatida oʻqish uchun grantni qoʻlga kiritgan edi. Hozirda u “Kasallik nomlarining oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi pragmatik tadqiqi” mavzusida izlanishlar olib bormoqda. Oʻqish muddati joriy yilning iyun oyiga qadar davom etadi. Madinaning taʼkidlashicha, uning oʻqish uchun barcha imkoniyatlar yetarli va malakali mutaxassislar unga bilim berishmoqda.