“Yosh volontyorlar”ning navbatdagi manzili Eski shahar hududi bo’ldi. Dehqon bozori, Registon va O’zbegim savdo majmuasida Covid-19ning yuqish yo‘llari, oldini olish choralari, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish borasida fuqarolarimizga batafsil ma’lumot berdilar. Omikron shtampining yuqish yo‘llari va inson organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish borasida ham tushuntirib o‘tdilar. Shuningdek, mavzu borasidagi kengroq ma’lumotlar keltirilgan tarqatma materiallar ham ulashildi.
Talabalarimiz ayniqsa, jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish, karantin qoidalariga amal qilish kasallik xavfining kamayishiga asos bo’lishini alohida ta’kidladilar.