Ilm olish masofa tanlamaydi. Fargʼona viloyati Rishton tumanidagi 4-umumtaʼlim maktabining 7 nafar oʼquvchilari institutimizda boʼldilar. Oʼqituvchilari N. Аkbarova boshchiligida oʼquvchilar institutimizda yaratilgan barcha sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Inkubatsiya va akseliratsiya, simulyatsiya, axborot-resurs markazlarida boʼlgan oʼquvchilar qalbida talaba boʼlish orzusi va maqsadi yanada yuksaldi.