alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

F.RAHMATULLAYEVA BAG‘ISHLANGAN “QADRLASH” TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

12:11 02.04.2022

O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasida Fazilat Rahmatullayeva Zuhriddinovnaga bag‘ishlangan “Qadrlash tadbiri o‘tkazildi.

F.Rahmatullayeva 1949-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1970-yilda Andijon davlat tillar institutini tamomlagan. 1970-yillar davomida Andijon davlat tibbiyot instituida komsomol komiteti kotibi, Tillar kafedrasi assistenti, Lotin tili kafedrasi katta o‘qituvchisi, Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi, O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi o‘qituvchisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Tadbirda kafedra xodimlari, psixolog ishtirok etdi. F.Rahmatullayeva institut talabalariga Lotin tili fanidan dars berish davomida o‘zbek tilining naqadar nafis va jozibali ekanligini, o‘zbek adib va shoirlarining nodir asarlarining jahon adabiyotida tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar bermoqda.

Tadbirda so‘z olganlar ustozning hayoti va faoliyati, tajribasi, insoniy fazilatlarini alohida e’tirof etdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!