Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish va mustahkamlash” mavzusida fakultetlararo davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Xususan, Davolash fakulteti va farmatsiya yo‘nalishida taxsil olayotgan 1- va 3-bosqich talabalari bilan institutda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish chora-tadbirlari, salbiy illatlar ta’siriga tushib qolmaslik, korrupsion holatlarga duch kelgan vaqtda bo‘lim xodimlariga murojaat qilish borasida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, suhbatlar davomida professor-o‘qituvchilar va talabalarning davomati, darslardagi faolliklari, moddiy-texnik baza bilan ta’minlanganligi borasida fikrlar almashildi. Kuzatilgan muammo va kamchiliklar o‘rnida o‘rganildi.