alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

FAKULTETLARARO TALABA-YOSHLAR O‘RTASIDA “REKTOR KUBOGI” UCHUN QVZ KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

23:40 23.05.2023

Joriy yilning 23-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutining talabalar turar joyida eng quvnoq va zukko talaba-yoshlarning qobiliyatlarini namoyish etishlarida qo‘llab-quvvatlash hamda institut QVZ klubi faoliyatini yana-da rivojlantirish maqsadida fakultetlararo talaba-yoshlar o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

 

Ochilish marosimida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov ishtirok etib, institut rektori M.Madazimovning talaba-yoshlarga tabrigini yetkazdi va tanlov jarayonida barcha jamoalarga omad tiladi.

Ushbu tanlovda jami 5 ta jamoada 80 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Ular 3 ta shart asosida o‘zaro bellashib, quyidagi o‘rinlarni band etdilar:

1-o‘rin Stomatologiya fakultetining “Gold dent” jamoasi;

2-o‘rin O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faol qizlaridan tarkib topgan “Shaddod qizlar” jamoasi;

3-o‘rin Farmatsiya fakultetining “Farm one” jamoasi.

Shuningdek, faol talabalar “Eng quvnoq yigit” nominatsiyasi bo‘yicha G‘ulomjon Turobaliyev,“Eng quvnoq qiz” nominatsiyasi bo‘yicha Fotima va Zuhra Tursunovalar taqdirlandilar.

Tanlov so‘nggida g‘olib bo‘lgan jamoalarga institut maʼmuryati tomonidan  birinchi o‘ringa rektor kubogi hamda 6 million, ikkinchi o‘ringa diplom va 4 million, uchinchi o‘ringa esa diplom hamda 3 million so‘m pul mukofotlari tantanali topshirildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!