Bolalar tramatologiyasi ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi mudiri, dotsent Qahramonjon Qo‘ldoshev Rossiya Federatsiyasidagi N.N.Burdenko nomli Neyroxirrurgiya milliy-tibbiy-ilmiy-amaliy markazi va Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida “O‘tkir qo‘shaloq bosh miya shikastlanishlarida ikkilamchi jarohatlanishlarni kompleks tashxislash va davolash” mavzusida (neyroxirrurgiya – 14.00.28) bajarilgan fan doktorligi dissertatsiya ishining seminar muxokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda N.N.Burdenko nomli Neyroxirrurgiya milliy-tibbiy-ilmiy-amaliy markazining professori A.Kravchuk, professor P.Kalinin, Samarqand davlat tibbiyot institutining professori A.Mamatqulov, Sh.Amirqulov, seminar raisi N.Mamasoliyev, Andijon davlat tibbiyot instituti “Profilaktik tibbiyot va xirrurgiya” ilmiy kengashi a’zolari ishtirok etdi.
Dissertatsiya ishi mutaxassislar tomonidan a’lo baholanganidan so‘ng keyingi bosqichga muvafaqqiyatli o‘tdi.