alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

FARG’ONA JAMOAT SALOMATLIGI INSTITUTIGA REKTOR TAYINLANDI

09:01 01.05.2021

Sogʼliqni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida yuqori malakaga ega oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash maqsadida 2020-yil 3-dekabrda tashkil etilgan Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga Аkmal Аbdiqahharovich Sidiqov Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʼra, rektor etib tayinlandi.

Аkmal Sidiqov 1987-yilda tugʼilgan. U tibbiyot fanlari doktori. Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetini tamomlagan. Yevropa dermatologiya va venerologiya akademiyasi (EADV) va Yevropa dermatologik tadqiqotlar jamiyati (ESDR) aʼzosi.

Bundan tashqari, yosh olim 80 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi va hammuallifi, shu jumladan, dermatologiya sohasida 6 ta ixtiro, 5 ta oʼquv-uslubiy qoʼllanma, bitta federal klinik tavsiyanoma, 3 ta monografiya va 4 ta qoʼllanma muallifi hisoblanadi.

Аkmal Sidiqov Toshkent davlat stomatologiya instituti kafedra mudiri, Toshkent shahar bosh dermatovenerologi hamda Sogʼliqni saqlash vazirligining Fanni rivojlantirish boʼlimi boshligʼi lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovdan avval Аkmal Sidiqov Sogʼliqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish va muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʼi lavozimida faoliyat yuritgan.

Oʼz oʼrnida, qoʼshni viloyat tibbiyot oliy oʼquv yurti rektorini Аndijon davlat tibbiyot instituti jamoasi nomidan tabriklayiz!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!