Аndijon davlat tibbiyot instituti talabalari oʼzlarining oʼquv yili davomida olgan bilimlarini amaliyotda qoʼllash va oʼzlarida koʼnikmalar hosil qilishlari boʼyicha malaka amaliyotlari olib borishmoqda. Аmaliyotchi talabalar bilan navbatdagi uchrashuv Fargʼona viloyatining tumanlarida oʼtkazildi. Institutning davolash (amaliyot) ishlari boʼyicha masʼuli B.Mirzakarimov viloyatning Bogʼdod, Rishton va Oltiariq tumanlarida boʼlib, talabalar bilan amaliyot oʼtash jarayonlarini yaqindan oʼrganib, talabalarga yaratilgan sharoitlarni oʼrganib chiqdi. Uchrashuv davomida talabalarga amaliyotdan koʼzlangan maqsad va talabalar eʼtibor berishlari lozim boʼlgan jihatlar, davlatimizda tibbiyot sohasidagi olib borilayotgan islohotlar toʼgʼrisida tushuntirishlar olib bordi. Shuningdek, uchrashuvlarda tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari va masʼullari ishtirok etdilar va talabalarning olib borayotgan faoliyatlari borasida fikr-mulohazalarini bildirdilar.