alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Farg’ona vodiysi aholisiga yuqori texnologik yordam

13:25 08.10.2021

Farg’ona vodiysi aholisiga yuqori texnologik yordam

Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan “Tibbiyot oliy o’quv yurtlari klinikalari va Respublika klinik shifoxonalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash” dasturi doirasida ADTI klinikasiga angiograf apparati olib kelindi. Mazkur apparat yordamida bemorlarni samarali davolash uchun joriy yil avgust-sentabr oylarida ADTI klinikasining 2-xirurgiya bo’limi mudiri t.f.n. A.Turg’unov boshchiligida, bo’lim vrach ordinatorlari Sh.Mansurov va G.Saliyev Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o’lkasidagi proffessor S.V. Ochapovskiy nomidagi klinik shifoxonasida o’z malakalarini oshirib qaytdilar.

2021-yil mart oyidan boshlab ADTI “Umumiy jarroxlik” kafedrasi hamda ADTI klinikasining 2-xirurgiya qoshidagi angiografik laboratoriya binosi Andijon viloyati hokimligi tashabbusi bilan barpo etila boshlab, joriy yil sentyabr oyida foydalanishga topshirildi. Fargona vodiysi aholisiga yurak ishemik kasalliklarida, yurak tug’ma va orttirilgan nuqsonlarida, yurak ritmi buzilish xastaliklarida malakali innovatsion, yuqori texnologik tibbiy yordam ko’rsatish yo’lga qo’yildi.

Sentyabr oyida 3 nafar bemorlarga elektrokardiyostimulyator implantatsiya operatsiyasi o’tkazilgan bo’lsa, yana shuni faxr bilan aytish mumkinki, ADTI klinikasi tarixida ilk bor koronarografiya tekshiruvi muvafaqqiyatli o’tkazildi. Unga ko’ra bemorda yurak ishemik kasalligi, turg’un zo’riqish stenokardiyasi FK 2 tashxisi bilan, laborator instrumental tekshiruvlarda EKGda: to’g’ri sinusli ritm, yurak elektr o’qining normal joylashuvi, yurak oldi devorida ishemiya, ExoKGda: assosiyatsiyalashgan UIK, fraksiya – 56%. Angiografik tekshiruv natijasi: Yurakning chap toj arteriyasi sistemasida, oldingi qorinchalararo arteriyasida 50% stenoz, 1 diagonal tarmog’ida 90% stenoz aniqlandi. Bemorga, keyingi bosqichda, toraygan toj arteriyalarini stentlash tashrixi tavsiya etildi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!