- Kafedra mudiri katta o‘qituvchi: Kurbanova Дилоромхон Ибрагимджан қизи
- Ish vaqti: 8.00 – 17.00
- Mobil Aloqa: +998 (91) 620-04-66
- Email: bakhtiyor01071990@gmail.com
Andijon Davlat tibbiyot instituti Klinik farmakologiya kafedrasi institut Ilmiy kengashi qarori bilan 29.06.1983 yilda Andijon shahar birinchi son klinik shifoxonasi qoshida tashkil qilindi. Kafedrani tashkil qilish ichki kasalliklar kafedrasi o‘qituvchisi, t.f.n. dotsent Yu.M. Mamadovga topshirildi va Ilmiy kengash qaroriga ko‘ra, kafedra mudiri lavozimiga saylandi (375-L buyruq).
Professor Yu.M. Mamadov 25 yil davomida kafedrani namunali boshqargach, 2008 yildan kafedra mudirligi lavozimini dotsent T.A. Abdunazarovga topshirdi. Abdunazarov To‘xtasinboy 2008-2014 yillar, keyinchalik 2019-2021 yillarda kafedrani boshqargach, 2021 yildan nafaqaga chiqqan. 2014 yil 26 martdan boshlab esa, t.f.n. Z.A. Ergasheva Klinik farmakologiya kafedrasi mudiri lavozimiga saylandi va besh yil davomida faoliyat yuritdi. 2021 yil 25 dekabrdan kafedra mudirligi lavozimiga D.I. Kurbanova saylandi.
Kafedraда яратилган илк ўқув қўлланма, кафедра асосчиси профессор Юсуфжон Мамадов томонидан яратилиб, Ibn Sino nashriyoti tomonidan 1999 yili chop etildi.
prof. Yu.M.Mamadov va hammualliflar tomonidan mamlakatimizda fan buyicha o‘zbek tilidagi birinchi darslikni yaratilishiga turtki bo‘ldi. (2003 yil, Toshkent, «Ibn Sino»). Darslikning lotin alifbosidagi varianti 2010 yilda (Toshkent, «Turon-iqbol») chop etildi. Ushbu darsliklar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan Respublikamizdagi farmatsevtika va tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etildi.
Kafedra 1985-1986 o‘quv yilidan Andijon tuman shifoxonasi, 1995-1996 o‘quv yilidan boshlab hozirgi kunga qadar Andijon shahar tibbiy birlashmasi Markaziy shifoxonasi qoshida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Hozirda kafedra katta o‘qituvchilari Eshonxo‘jayev O.O. va Qosimov Z.O.lar hamda assistentlar Latipova N.K., Islamov J.M. hamda Mamadaliyev Sh.I.lar Phd dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar.
2021 yil 5 dekabrdan Kurbanova Diloromxon Ibroximjon qizi kafedra mudiri lavozimiga besh yil muddatga saylangan. 2022 yili 7 mart kuni Respublikamiz Prezidenti tomonidan “Sog‘lom turmush” medali bilan taqdirlangan.
Eshonxo‘jayev Olimjon Odilovich
Katta o‘qituvchi
Qosimov Zafarbek Odiljon o‘g‘li
Katta o‘qituvchi
Parpiyeva Salima Bakijanovna
Assistent
Usmanova Feruza Taxirjanovna
Assistent
Latipova Nilufar Kenjayevna
Assistent
O‘rinboyev Lochinbek Xasanboy o‘g‘li
Assistent
Sobirjonov Islombek Tavakkaljon o‘g‘li
Assistent
Numonova Go‘zaloy Davronbek qizi
Assistent
Abubakirov Xamdambek Yusupovich
Assistent
Islamov Jaloliddin Muxammad o‘g‘li
Assistent
Axmedov Baxodir Uralovich
Assistent
Rasulov Boburjon Abduqaxxorovich
Assistent
KAFEDRA MANZILI, JOYLASHGAN KLINIK BAZALARI
- BAZA …..