Andijon davlat tibbiyot instituti Farmatsiya fakulteti 2-bosqich talabalarining ota-onalari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Profilaktika inspektori J.Xo‘jayev, fakultet dekani Sh.Bozorov hamda tyutorlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlari, odob-axloqi va tarbiya masalalari muhokama qilindi. Ota-onalar talabalarga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, farzandlarining institutdagi reyting ko‘rsatkichlari haqida to‘liq ma’lumot va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Qolaversa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda ota-onalar ham befarq bo‘lmasliklari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, yangilanayotgan Konstitutsiyamizda yoshlar masalalari, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor berilayotgani haqida ma’lumotlar berildi.
Yakunda o‘qish va ko‘rik-tanlovlar, ma’naviy tadbirlarda faol ishtirok etayotgan talabalarning ota-onalariga institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.