Bugun, 11-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutining ma’ruza zalida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova Farmatsiya fakultetining talaba-qizlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda fakultet dekani Sh.T.Bozorov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D.Parpiyeva va tyutorlar ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olganlar avvalo 1-bosqich talaba-qizlarini talabalik baxtiga muyassar bo‘lganliklari bilan muborakbod etdi. Shuningdek, uchrashuvda qizlarning odob-axloqi, kiyinish madaniyati, ta’lim muassasasi va undan tashqarida o‘zini tutish qoidalari eslatib o‘tildi.
Shuningdek, institutda Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Qizlarjon” klubining Nizomi barcha yig‘ilganlarga yetkazildi. Ushbu klub a’zoligiga 1-bosqich talabalaridan faol qizlar tanlab olindi. Fakultetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha koordinatori 3-bosqich talabasi O.Mamaraimova talabalarga tanishtirilib, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.