FARMATSIYA FAKULTETINING 1-BOSQICH TALABALARI BILAN REKTOR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

FARMATSIYA FAKULTETINING 1-BOSQICH TALABALARI BILAN REKTOR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

17:30 13.02.2026

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Farmatsiya fakulteti va fakultetga qarashli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida rektor SSVning 2024-yil 4-sentabrdagi 284-sonli buyrug‘i mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, fuqarolik mas’uliyatini oshirish, shuningdek jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, talabalardan institutning ichki tartib-qoidalari va belgilangan kiyinish madaniyati (dress-kod)ga qat’iy rioya etish talab etilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida rektor va mas’ul mutaxassislar korrupsiyaga qarshi kurash, ekstremizm va yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish, axborot xavfsizligi, yo‘l harakati va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish kabi masalalarda ham tushuntirishlar berdi.

Tadbir yakunida ota-onalar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo‘ldi hamda institut hayotiga faol qo‘shilish bo‘yicha ko‘rsatmalar oldi. Shuningdek, o‘zining faolligi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan talabalarning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Skip to content