Qirgʻiziston Respublikasining Xalqaro tibbiyot universitetining bir guruh yetakchi mutaxassislari Andijon davlat tibbiyot institutida boʻldilar. Universitet rektori B.Maykanayev, prorektor K.Konkoboyev, R.Amanova va S.Toymatov bilan institutimiz rektori M.Madazimov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori K.Salohiddinov suhbat olib bordi.
Dastavval Andijon davlat tibbiyot instituti oʻquv jarayonlari, faoliyati toʻgʻrisida videorolik namoyish etildi. Uchrashuv davomida har ikki oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida talabalar va akademik almashinuvini rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturi, ilmiy ishlar sohalari boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida muzokaralar oʻtkazildi. Bildirilgan taklif va mulohazalardan soʻng Farmatsiya yoʻnalishi boʻyicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.