alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Farmatsiya yo’nalishi bo‘yicha yetuk mutaxassis tashrifi davom etmoqda

12:58 17.09.2019

Andijon davlat tibbiyot institutiga Germaniyaning Senior Experten Servise (SES)dan katta farmatsevt-ekspert, professor Diter Shuls tashrif buyurgani haqida avval xabar bergan edik. Farmatsiya yo’nalishi bo‘yicha yetuk mutaxassis, professor D.Shulsning tashrifi davomida institut professor-o‘qituvchilari va talabalariga farmatsevtik ishlab chiqarish va farmatsevtik oliy ta’limda texnologiyalar bo‘yicha innoavatsion ma’ruza va master-klass o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Germaniyalik olim o‘z tashrifi davomida institutning farmakologiya va klinik farmakologiya, tibbiy kimyo kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan soha taraqqiyoti borasida dunyo miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar, e’tibor qaratilishi zarur masalalar yuzasidan fikr almashdi, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Institutning farmatsiya yo‘nalishi 1-, 2-, 3-bosqich talabalriga “Yangi dori vositalari ishlab chiqarish istiqbollari”, “Dori vositalarini ajratib olishda xromatografik usullarning ahamiyati”, “Aminokislotalar. Oqsillarga sifat reaksiyalari” kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qidi, mahorat darslari o‘tkazdi. Olimning ma’ruzalari talabalar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.

Germaniyalik olim tomonidan o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlari davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar.

Farmatsiya sohasi bo‘yicha dunyoning yetakchi olimlaridan biri, professor D.Shulsning ADTIga qilgan tashrifi davomida o‘zaro ikki tomonlama foydali hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida taklif-istaklar o‘rtaga tashlandi, xorijlik mehmon institut faoliyati, go‘zal Andijon, mehmondo‘st andijonliklar haqida iliq fikrlar bildirdi.  
 
 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!