Avval ma’lum qilganimizdek, Andijon davlat tibbiyot institutining Inkubatsiya va akselerezatsiya markazi hamda “Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi” tomonidan 2022-yil 18-apreldan 17-mayga qadar tashkil etilgan Web-dasturlashning “Foundation” kursining 28 soatlik bepul o‘quv dasturi belgilangan edi. Mazkur o‘quv kursida 8 nafar talabalar ishtirok etib, mutaxassislardan mavzu borasida kerakli bilimlarga ega bo‘ldilar. Ularga markaz tomonidan sertifikatlar topshirildi.