![GASTROENTEROLOGIYA YO‘NALISHI BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH DARSLARI BOSHLANDI](https://adti.uz/wp-content/uploads/2021/06/photo_2021-06-16_14-42-29.jpg)
1-UAShT kafedrasi hamda Xarkov milliy tibbiyot universiteti xalqaro hamkorligi asosida gastroenterologiya yo‘nalishi bo‘yicha professor – o‘qituvchilar uchun malaka oshirish darslari boshlandi. Bugun ilk seminarda Xarkov milliy tibbiyot universitetining «Klinik farmakologiya va ichki tibbiyot» kaferasi mudiri, professor I. Knyazkova «Oshqozon shirasi oshgan holatlarida qo‘llaniladigan dori-vositalari» mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Unda tinglovchilar mavzu borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.