Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tashabbusi bilan mintaqada ilk bor Fargʼona davlat universitetida “Gender tenglikka erishish strategiyasini hayotga tatbiq etishda xotin-qizlarning roli” mavzusidagi Respublika seminar-treningi tashkil etildi.
Ushbu seminar-trening ochilish marosimida Oliy va oʼrta maxsus taʼlim, Ichki ishlar vazirliklari, Din ishlari boʼyicha qoʼmita, Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti, Xalqaro islom akademiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mutasaddilari gender tenglikka erishish strategiyasi boʼyicha nutqlari bilan ishtirok etdi. Tadbirda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri Аbduqodir Toshqulov onlayn shaklida qatnashdi.
Seminar-treningda Аndijon davlat tibbiyot instituti xotin-qizlar kengashi raisi G. Xolmatova ishtirok etdi.
Ma’lumotlar va fotolavhalar Edu.uz rasmiy kanalidan olindi