Germaniya hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakili Evelina Toteva Andijon davlat tibbiyot institutiga keldi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019- yil 8- fevral kuni   Germaniya hamkorlik tashkiloti (GIZ) “ O‘zbekistonda  zamonaviy yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlovchi kadrlarning tibbiy va texnik malakasini oshirish”  loyihasi  rahbari Evelina Toteva  hamda milliy koordinator N.Muratovalar  tashrif buyurdilar.

Mehmonlarni institut rektori, professor M.Madazimov, ADTI klinikasi bosh shifokori B.Rahmonov,o’quv ishlari bo’yicha prorektor A.Arziqulov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Xodjimatov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i  K.Salohiddinov va   boshqalar  yuksak ehtirom bilan kutib oldilar.

Dastlab,  xalqaro hamkorlik bo‘limida  mehmonlar  bilan qizg‘in va samimiy  suhbat olib borildi.

Suhbat davomida germaniyalik mutaxassislar bilan hamkorlik qilish, tajriba almashish, zamonaviy asbob-uskunalarda ishlay oladigan yuqori malakali tibbiy va texnik xodimlar tayyorlash, shuningdek, ta’lim sohasida talabalar almashinuvi, nemis tilini mukammal o‘rganish haqida har ikki tomon vakillari o‘z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, ular kelgusidagi rejalar  xususida  kelishib oldilar.

        Suhbat  jarayonida  Evelina xonim  O‘zbekiston va mehmondo‘st xalqimiz to‘g‘risida o‘zining samimiy fikrlarini bildirdi. Andijon davlat tibbiyot instituti, ADTI   klinikasi va Germaniya  o‘rtasidagi hamkorlikdan ulkan natijalar kutilayotganligini ta’kidladi.

O‘z o‘rnida  institut rektori  M.Madazimov ham germaniyalik mehmonga esdalik sovg‘alarini taqdim etib, tashrif uchun minnatdorchilik  bildirdi.

So‘ngra Germaniya hamkorlik tashkiloti vakillari  institut  simulyatsion  o‘quv markazida bo‘ldilar.

Ular bu yerdagi trenajyor, mulyajlar va boshqa tibbiy jihoz hamda asbob-uskunalar bilan tanishib,  amaliyot jarayonlarini  kuzatdilar.

596